locale OZ

«Bunyodkor» nazorat uchrashuvida OKMK bilan durang qayd etdi

Ikki gol bahs taqdirini hal qildi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bunyodkor» nazorat uchrashuvida OKMK bilan durang qayd etdi
Фото: Бунёдкор ПФК

FIFA kunlaridan unumli foydalanishga harakat qilayotgan “Bunyodkor” nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

OKMKga qarshi saf tortgan “qaldirg‘ochlar” golli durangga imzo chekdi. To‘rt bo‘limdan iborat bo‘lgan bahsda hisobni Nosirjon Abdusalomov ochdi.

Hujumlarni ko‘paytirgan vakillarimiz penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘lishdi, biroq Matiya Krivokapich 11 metrlik nuqtada o‘z hisobiga gol yozib qo‘ya olmadi. Aksincha, uchrashuv yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida raqib hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Nazorat uchrashuvi
BUNYODKOR – OKMK – 1:1
Gollar: Nosirjon Abdusalomov – Ali Abdurahmonov.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting