«Bunyodkor» mashg’ulotlarni boshladi
Tarkibdagi o‘zgarish bo‘yicha tez orada rasmiy ma’lumot beriladi.
Фото: Бунёдкор
2025 yilgi Superliganing so‘nggi turidan keyin bir oylik ta’tilga chiqqan “qaldirg‘ochl” yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.
Jamoa bugun tushdan so‘ng “Bunyodkor” akademiyasi sun’iy qoplamali maydonida dastlabki mashg‘ulotini o‘tkazdi. Odatdagidek, yig‘inning ilk kunida futbolchilarning jismoniy holatini tiklashga e’tibor qaratildi.
Tarkibdagi o‘zgarish bo‘yicha tez orada rasmiy ma’lumot beriladi. Jamoamiz ertaga ham poytaxtimizda mashg‘ulot o‘tkazadi.
“Qaldirg‘ochlar” 7 yanvar kuni ertaga tongda qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirish uchun Turkiyaning Antaliya shahriga uchib ketadi. 18 fevralga qadar davom etadigan yig‘in doirasida bir qator nazorat uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist