locale OZ

\"Bunyodkor\". Luis Kachorri - mart oyida tengsiz!

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Bunyodkor". Luis Kachorri - mart oyida tengsiz!
PHOTO: Google

Superliga klublari mart oyining eng yaxshi o‘yinchisini aniqlashda davom etyapti.

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi muhlislar o‘rtasida oyning eng yaxshisini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazdi. Instagram tarmog‘ida o‘tkazilgan ushbu so‘rovnomada Kachorri, Hamrobekov hamda Abdunabiyevlar nomzod sifatida ko‘rsatildi.

Ovoz berishlar natijasida “Qaldirg‘ochlar”ning Italiyalik hujumchisi Luis Kachorri tengsiz deb topildi. 1998 yil 24 fevralda tug‘ilgan ushbu futbolchi mart oyidagi uch o‘yinnng barchasida asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 270 daqiqa harakatlandi va 4 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga ulgurdi. 74 raqam egasi 4 ta goli bilan Superliga to‘purarlik poygasida ham peshqadamlik qilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting