«Bunyodkor» klubi hujumchisi eng istiqbolli 60 nafar futbolchi ro'yxatidan joy oldi
Angliyaning nufuzli The Guardian nashri 2008 yilda tugʻilgan eng istiqbolli 60 nafar futbolchi ro'yxatini e’lon qildi. Unda Markaziy Osiyodan uch nafar oʻyinchi ham oʻrin oldi.
Jumladan, Toshkentning «Bunyodkor» klubi forvardi Sadriddin Hasanov, Qozogʻistonning «Qayrat» klubi hujumchisi Dastan Satpayev va Tbilisining «Dinamo» jamoasi himoyachisi Saba Xarebashvili ushbu ro'yxatga kiritildi.
Shuningdek, ro'yxatda «Barselona» vakillar — vinger Toni Fernandes va yarimhimoyachi Niko Gilyen, «Borussiya D» hujumchisi Samuel Inasio, «Bavariya»ning iqtidorli yarimhimoyachisi Karl Lennart hamda «PSJ» forvardi Ibrahim Mbaye kabi yosh yulduzlar ham joy olgan.
Qizigʻi shundaki, Mbaye joriy mavsum parijliklar safida allaqachon 9 ta oʻyinda maydonga tushdi va «Barselona»ga qarshi YChL 2-tur uchrashuvida (2:1) asosiy tarkibdan joy oldi.