locale OZ

Bunyodkor ayollar jamoasi taqdirlandi

Elmira Gulamova murabbiyligidagi ayollar jamoamiz yakunlangan mavsumda O‘zbekiston chempionatini 3-o‘rinda yakunladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bunyodkor ayollar jamoasi taqdirlandi
photo: Bunyodkor FK

Elmira Gulamova murabbiyligidagi ayollar jamoamiz yakunlangan mavsumda O‘zbekiston chempionatini 3-o‘rinda yakunladi.

"Oliy liga bahslarida 58 ochko jamg‘arib bronza medallarga ega chiqqan qizlarimiz uchun bugun o‘ziga xos tadbir tashkil qilindi. Tadbirda “Bunyodkor” futbol klubi Bosh direktori Murodjon Aliyev, “Bunyodkor” akademiyasi direktori Shavkat Saidov, texnik direktor Vitaliy Ni va albatta jamoa a’zolari ishtirok etdi.

Tadbirda qizlarimizning bu natijasini alohida e’tirof etildi. 2026 yilgi mavsumda natija yanada yaxshiroq bo‘lishi lozimligi, buning uchun rahbariyat tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilishi ta’kidlandi. Yakunda qizlarimizga O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi tomonidan ajratilgan medallar va esdalik sovg‘alari topshirildi",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting