Bunisi nimasi endi, yoki ko’z tegdimi?
PHOTO: Google
Xabaringiz bor, bugun Angliya primyer ligasining navbatdagi turida “Manchester Siti” o’z uyida “Lester”ni qabul qiladi.
“Shaharliklar” ushbu uchrashuv uchun asosiy tarkibni e’lon qildi. Biz uchun taajjublanarlisi shundaki, hamyurtimiz Abduqodir Husanov nafaqat asosiy tarkibdan joy olmagan, qolaversa o’yin qaydnomasiga ham kiritilmagan. Angliya liga kubogida birinchi bo’limdan keyin zahiraga olingan va uning o’rniga tushgan futbolchi jamoani kuchaytirib, muhum bo’lgan g’alabada ikkita assist qayd etgan edi. Husanovning nega qaydnomaga kiritilmagani hozircha nomalum.
Bunisi nimasi endi, yoki himoyachimizga ko’z tegdimi? Bu haqida o’yindan keyingi matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Pep Gvardioladan so’rashsa ajab emas.
Ibrohim Jalolov
Redaktor