Bundesligada mavsum yakunlandi. Evrokubok sohiblari ma’lum bo‘ldi
Photo: Getty Images
Germaniya Bundesligasida 34-tur uchrashuvlari ham nihoyasiga yetdi. So‘nggi turda chempion “Bavariya” safarda “Hoffenhaym”ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu g‘alabadan so‘ng Myunxen klubi ochkolari soni 82 taga yetdi.
“Bayer” esa “Maynts” bilan durang qayd etdi. Leverkuzen jamoasi ushbu durangdan so‘ng ochkolarini 69 taga yetkazdi.
“Borussiya D” o‘z maydonida “Holshteyn”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Dortmund klubi 57 ochko bilan 4-o‘ringa chiqib oldi.
Shu tariqa, keyingi mavsumda evrokuboklarda quyidagi jamoalar ishtirok etadi.
1. “Bavariya” – Chempionlar Ligasi.
2. "Bayer" – Chempionlar Ligasi.
3. “Ayntraxt” – Chempionlar Ligasi.
4. "Borussiya D" – Chempionlar Ligasi.
5. “Frayburg” – Yevropa Ligasi.
6. "Maynts" – Konferensiyalar Ligasi saralashi
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist