locale OZ

Bundesliga klubi Jeydon Sancho uchun kurashga qo‘shildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bundesliga klubi Jeydon Sancho uchun kurashga qo‘shildi
Photo: Getty Images

“Manchester United” vingeri Jeydon Sancho faoliyatini yana Germaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli futbolchiga “Bayer” jamoasi qiziqish bildirmoqda. Sancho hozirda “Chelsea”da ijara asosida o‘ynamoqda. Ammo London klubi mavsum yakuniga yetganidan so‘ng Jeydonni sotib olmoqchi emas.

Bundan esa “Bayer” unumli foydalanib qolmoqchi va uni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.

Ma’lumot uchun, Jeydon Sancho joriy mavsum “Chelsea” safida barcha turnirlarda 39 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 10 assistni qayd etgan. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 30 million yevro deb baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting