Bundesliga. «Borussiya D» safarda «Mainz» ustidan g‘alaba qozondi
Dortmundliklar turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.
ФОТО: Getty images
Bundesliganing 5-turidan o‘rin olgan “Mainz” – “Borussiya Dortmund” uchrashuvi nihoyasiga yetdi. O‘yin 2:0 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi.
Uchrashuvning 27-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Daniel Svensson hisobni ochdi. Keyinchalik Karim Adeyemi 40-daqiqada g‘alaba goliga mualliflik qildi. Har ikki golga ham yarim himoyachi Julian Brandt assistentlik qildi.
Ikkinchi bo‘limning 67-daqiqasida mezbonlar darvozaboni Robin Zentner to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi.
Ushbu o‘yindan so‘ng Dortmundning "Borussiya" klubi 12 ochko bilan Germaniya chempionati turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. “Mainz” esa 4 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.
Bundesliga. 5-tur
“Mainz” 0:2 “Borussiya D”
Gollar: Svensson 27, Adeyemi 40
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist