Bundesliga. «Borussiya D» safarda g'alaba qozonib, 2-oʻringa koʻtarildi
Natijada "asalariylar" ochkolarini 20 taga yetkazib, 2-oʻringa chiqib olishdi.
ФОТО: Getty images
"Borussiya" Germaniya chempionatining 9-turidan oʻrin olgan "Augsburg"ga qarshi bahsda gʻalaba qozondi - 1:0.
Yagona gol 37-daqiqada hujumchi Sera Girassi tomonidan kiritildi.
Natijada "asalariylar" ochkolarini 20 taga yetkazib, 2-oʻringa chiqib olishdi. "Augsburg" esa 7 ochko bilan 15-pog'onada bormoqda.
Bundesliga. 9-tur
Augsburg — Borussiya D 0:1
Gol: Girassi (38).
Borussiya D — Kobel, Anselmino Anton, Bensebaini, Koutu (Ryerson, 74), Gross, Nmecha (Bellingem, 82), Bayer (Zabitzer, 74), Brandt (Adeyemi, 90+5), Chukwumeka (Svensson, 62), Girassi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist