locale OZ

Bundesliga. «Borussiya D» safarda «Frayburg» bilan durang oʻynadi

Germaniya chempionatining 14-tur oʻyinlari davom ettirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bundesliga. «Borussiya D» safarda «Frayburg» bilan durang oʻynadi
FOTO: Getty Images
Bundesliga Germaniya
14.12.2025, Yak.
Frayburg
1
Borussiya D
1

Germaniya Bundesligasining 14-turi doirasida «Frayburg» va Dortmundning «Borussiya» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. Frayburg-im-Braysgau shahridagi «Yevropa-Park» stadionida bo‘lib o‘tgan bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Hisob 31-daqiqada ochildi. Mehmonlar safidagi Rami Bensebayini aniq zarbasi bilan «Borussiya»ni oldinga olib chiqdi. 53-daqiqada dortmundliklar bir kishi kam bo‘lib qoldi — Job Bellingem maydondan chetlatildi.

Son jihatdan ustunlikka ega bo‘lgan «Frayburg» bosimini kuchaytirdi va 75-daqiqada Lukas Hyoler hisobni tenglashtirgan golga mualliflik qildi.

Mazkur uchrashuvdan so‘ng «Frayburg» Germaniya chempionatida 17 ochko bilan turnir jadvalining to‘qqizinchi pog‘onasida joylashdi. Dortmundning «Borussiya»si esa 29 ochko jamg‘argan holda uchinchi o‘rinda bormoqda.

Bundesliga. 14-tur

«Frayburg» — «Borussiya D» 1:1

Gollar: Hyoler (75) — Bensebayni (31).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting