Bundesliga. “Bavariya” so'nggi soniyalarda g'alabani qo'ldan chiqarib, chempionlikni kechiktirdi
Germaniya Bundesligasining 32-turidan o'rin olgan “RB Leypsig” va “Bavariya” o'rtasidagi bahs o'z yakuniga yetdi va unda tomonlar 3:3 hisobidagi jangovor durangga imzo chekishdi.
Dastlab, “RB Leypsig” 2:0 hisobida oldinga chiqib olgandi. Biroq myunxenliklar bunga 3 ta gol bilan javob qaytarishdi.
“Bavariya” deyarli chempion bo'lishga yaqin edi, ammo 90+5-daqiqada Yusuf Poulsen hisobni tenglashtirib, myunxenliklarning chempionlik onlarini kechiktirdi.
Ma'lumot uchun, “Bayer”da hali ham chempionlik uchun kurashish imkoni saqlanib turibdi. Buning uchun leverkuzenliklar qolgan 3 ta turning barchasida g'alaba qozonishi, “Bavariya” esa ochko yo'qotishi, shuningdek, “Bayer” uchta turda 30 ta gollik tafovutni yo'qqa chiqarishi kerak.
Ta'kidlash joiz, Bundesliganing joriy mavsum to'purari, “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn ushbu bahsni o'tkazib yubordi.