locale OZ

Bundesliga. «Bavariya» «Sankt-Pauli»ni magʻlub etib, yangi rekord oʻrnatdi

Hozirda myunxenliklar turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bundesliga. «Bavariya» «Sankt-Pauli»ni magʻlub etib, yangi rekord oʻrnatdi
FOTO: Getty Images

Germaniya Bundesligasining 29-turi doirasida Gamburgning «Sankt-Pauli» hamda Myunxenning «Bavariya» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi. «Millerntor» stadionida kechgan bahsda myunxenliklar 5:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 9-daqiqasida Jamal Musiala hisobni ochib, mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Leon Goretska 53-daqiqada oradagi farqni oshirgan bo‘lsa, oradan bir daqiqa o‘tib Maykl Olise uchinchi golni urdi. 65-daqiqada Nikolas Jekson hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirdi, o‘yin yakunida, 88-daqiqada esa Rafael Gerreyru yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Ushbu g‘alaba orqali «Bavariya» Germaniya chempionatida yangi rekord oʻrnatdi. Jamoa 1971/1972 yilgi mavsumda 101 ta gol urgan bo‘lsa, joriy mavsumda gollar soni hozirdanoq 105 taga yetdi.

Mazkur bahsdan so‘ng «Bavariya» 76 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Sankt-Pauli» esa 25 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting