locale OZ

Bundesliga. «Bavariya» oʻz maydonida «Shtutgart»ni magʻlub etib, muddatidan avval Germaniya chempionligini qoʻlga kiritdi

Bu myunxenliklar uchun 35-chempionlik boʻldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bundesliga. «Bavariya» oʻz maydonida «Shtutgart»ni magʻlub etib, muddatidan avval Germaniya chempionligini qoʻlga kiritdi
FOTO: Getty Images

Germaniya Bundesligasining 30-turi doirasida «Bavariya» va «Shtutgart» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. «Arena Myunxen» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 21-daqiqasida Kris Fyurix mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 31-daqiqada Rafael Gerreyru muvozanatni tiklagan bo‘lsa, 33-daqiqada Nikolas Jekson myunxenliklarning ikkinchi golini urdi. 37-daqiqada Alfonso Devis farqni oshirdi, 52-daqiqada esa Harri Keyn hisobni 4:1 ko‘rinishiga keltirdi. O‘yin yakunlanishi arafasida, 88-daqiqada Chema Andres mehmonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Bavariya» muddatidan avval Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. 79 ochko to‘plagan jamoa turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, «Shtutgart» esa 56 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Bu «Bavariya» uchun o‘z tarixidagi 35-chempionlik bo‘ldi.

Navbatdagi turda, 25 aprel kuni «Bavariya» safarda «Mayns» bilan kuch sinashsa, «shvablar» 26 aprel kuni o‘z maydonlarida «Verder»ni qabul qiladilar.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting