locale OZ

Bundesliga. «Bavariya» mehmonda «Volfsburg»ni mag‘lub etdi

Keyn penaltidan foydalana olmadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bundesliga. «Bavariya» mehmonda «Volfsburg»ni mag‘lub etdi
FOTO: Getty Images

Germaniya Bundesligasining 33-turi doirasida «Volfsburg» hamda «Bavariya» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Volfsburgdagi «Folksvagen Arena» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda myunxenliklar 1:0 hisobidagi kichik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida «Bavariya» hujumchisi Harri Keyn 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshira olmadi. O‘yinning 56-daqiqasiga kelib esa Maykl Olise tomonidan kiritilgan gol myunxenliklarga g‘alaba keltirdi.

Ushbu bahsdan so‘ng, muddatidan oldin chempionlikni naqd qilgan «Bavariya» 86 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. «Volfsburg» esa 26 ochko bilan Germaniya chempionati yuqori divizioni turnir jadvalida 16-pog‘onani egallab turibdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting