locale OZ

Bundesliga. \"Bavariya\" g'alaba qozondi, Myuller Myunxendagi so'nggi uchrashuvini o'tkazdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bundesliga. "Bavariya" g'alaba qozondi, Myuller Myunxendagi so'nggi uchrashuvini o'tkazdi
Photo: Getty Images

Germaniya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan “Bavariya” – Myonxengladbaxning “Borussiya” uchrashuvi yakuniga yetdi.

Mazkur o‘yinda "Bavariya" futbolchilari 2:0 hisobidagi g‘alabani tantana qilishdi. 31-daqiqada Germaniya Bundesligasining to‘purari Harri Keyn "Bavariya"ni oldinga olib chiqdi. 90-daqiqada vinger Maykl Olise ikkinchi golga mualliflik qildi.

Ta'kidlash kerakki, myunxenliklarning 35 yoshli yarim himoyachisi Tomas Myuller ilk daqiqalardan maydonga tushdi va 83-daqiqada almashtirildi. Bu o‘yin uning "Bavariya"ning uy stadionidagi so‘nggi o‘yini bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, yozda u klubni erkin agent sifatida tark etadi.

“Bavariya” mavsumdagi ochkolari sonini 79 taga yetkazdi va ikkinchi o‘rindan 8 ochko ortda qolmoqda. Myonxengladbaxning “Borussiya” klubi 45 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda.

Bundesliga. 33-tur

“Bavariya” 2:0 “Borussiya M”

Gollar: Keyn 31, Olise 90

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting