locale OZ

Bundesliga. «Bavariya» «Borussiya M»ni ayamadi

Noyer jarohat oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bundesliga. «Bavariya» «Borussiya M»ni ayamadi
ФОТО: Getty images

Germaniya chempionatining 25-turi doirasida "Bavariya" Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasini 4:1 hisobida mag'lub etdi.

Myunxen klubi safida gollar Luis Dias, Konrad Laymer, Jamal Musiala va Nikolas Jekson hisobiga yozildi.

Ushbu g'alabadan so'ng "Bavariya" 66 ochko jamg'argan holda Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Borussiya" esa 25 ochko bilan 12-o'rinda bormoqda.

Germaniya Bundesligasi. 25-tur

"Bavariya" — "Borussiya M" — 4:1

Gollar: Luis Dias 33’ (1:0), Konrad Laymer 45+1’ (2:0), Jamal Musiala 57’-penalti (3:0), Nikolas Jekson 79’ (4:0), Moxya 89’ (4:1).

"Bavariya": Manuel Noyer (Jonas Urbigh, 46), Dayo Upamekano (Rafael Guerreiro, 61), Kim Min Jae, Tom Bishof, Konrad Laymer (Kardozu, 60), Yozua Kimmix (Santush Daiber, 81), Leon Goretzka, Jamal Musiala, Luis Dias (Yosip Stanishich, 61), Karl, Nikolas Jekson.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting