locale OZ

Bundesliga. 28-turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvalidagi holat bilan tanishing

Hozirda «Bavariya» yakka peshqadamlik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bundesliga. 28-turda qayd etilgan natijalar va turnir jadvalidagi holat bilan tanishing
FOTO: Getty Images

Kecha, 5 aprel kuni Germaniya Bundesligasining 28-tur bahslari o‘z yakuniga yetdi. Mazkur turda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

4 aprel, shanba:

«Verder» – «RB Leypsig» — 1:2

«Xoffenxaym» – «Mayns» — 1:2

«Frayburg» – «Bavariya» — 2:3

«Bayer» – «Volfsburg» — 6:3

«Gamburg» – «Augsburg» — 1:1

«Borussiya» Myunxengladbax – «Xaydenxaym» — 2:2

«Shtutgart» – «Borussiya» Dortmund — 0:2

5 aprel, yakshanba:

«Union» – «Sankt-Pauli» — 1:1

«Ayntraxt» Frankfurt – «Kyoln» — 2:2

Germaniya chempionati turnir jadvalida Myunxenning «Bavariya» jamoasi ishonchli tarzda peshqadamlik qilmoqda. Myunxenliklar 28-turdan so‘ng o‘z ochkolari sonini 73 taga yetkazib olishdi.

Mavsumning hal qiluvchi pallasi yaqinlashayotgan bir paytda, «Bavariya» chempionlik poygasida asosiy favorit bo‘lib turibdi. Kelasi turlarda kuchli to‘rtlik va turnir jadvalining quyi qismidagi o‘rinlar uchun kurash yanada qizg‘in tus olishi kutilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting