locale OZ

Bundan roppa-rosa 9 yil oldin tarixdagi eng qimmat transfer amalga oshirilgan edi

Ushbu transfer futbol bozoriga katta ta’sir ko‘rsatib, o‘yinchilar narxining keskin oshishiga sabab bo‘lgan tarixiy kelishuvlardan biri sifatida qolmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bundan roppa-rosa 9 yil oldin tarixdagi eng qimmat transfer amalga oshirilgan edi
Foto: Getty Images

2017-yil 3-avgust kuni Neymar “Barselona”dan PSJ safiga ko‘chib o‘tgan edi. Parij klubi braziliyalik hujumchining shartnomasida belgilangan 222 million yevrolik tovon pulini to‘lab, futbol tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirdi.

Oradan to‘qqiz yil o‘tgan bo‘lsa-da, Neymarning rekordi hamon yangilangani yo‘q. Ushbu transfer futbol bozoriga katta ta’sir ko‘rsatib, o‘yinchilar narxining keskin oshishiga sabab bo‘lgan tarixiy kelishuvlardan biri sifatida qolmoqda.

Ayni paytda “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandning bozor qiymati 220 million yevro atrofida baholanmoqda. Biroq norvegiyalik futbolchining ehtimoliy transferi ham Neymarning 222 million yevrolik rekordini yangilashi kafolatlanmagan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting