locale OZ

Bukayo Saka jarohati sababli Angliya terma jamoasining mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi

Futbolchining axill payi bezovta qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bukayo Saka jarohati sababli Angliya terma jamoasining mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi
FOTO: Getty Images

Angliya milliy terma jamoasi hujumchisi Bukayo Saka JCh-2026 guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Ganaga qarshi uchrashuv oldidan jamoaning rasmiy mashg‘ulotida ishtirok etmadi. Mazkur uchrashuv seshanba kuni, ya’ni 23-iyun sanasida bo‘lib o‘tishi belgilangan. Sakaning ushbu bahsda maydonga tushishi hozircha so‘roq ostida turibdi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, futbolchini axill payining tendiniti (yallig‘lanishi) muammosi bezovta qilmoqda. Avvalroq, Saka Xorvatiya terma jamoasiga qarshi kechgan 1-tur uchrashuvining (4:2) 72-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi Jahon chempionati 11-iyundan 19-iyulga qadar AQSh, Kanada va Meksika yashill maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. Ular 2022-yili Qatarda o‘tgan mundial finalida Fransiyani mag‘lub etishgan edi (3:3, penaltilar seriyasi bo‘yicha — 4:2).

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting