Bugun Samarqandda barcha yo‘llar «Dinamo» tomon yetaklaydi
O‘tgan mavsum so‘nggi turlarning oxirgi soniyalarigacha medallar uchun kurashgan «Dinamo» va «Nasaf» jamoalarining o‘zaro o‘yinlarida g‘olib nomi aniqlanmagandi. Vadim Abramov va Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari to‘qnashuvida ikki bahsda ham durang qayd etilgan – 2:2, 0:0. O‘z uslubiga ega mutaxassislarning qarama-qarshiligi bugun ham davom etadi.
«Nasaf» mavsumni ketma-ket g‘alaba bilan boshlagan bo‘lsa, «Dinamo» omadsiz startdan keyin so‘nggi turda Toshkentdan g‘alaba bilan qaytdi. Bu safargi 3 ochko uchun haqiqiy “jang” kechadi. Bugun qo‘shni Qashqadaryo viloyatidan ham muxlislar kelishi kutilmoqda. Samarqandda ham barcha yo‘llar «Dinamo» tomon yetaklaydi.
Ramazon oyi munosabati bilan uchrashuv iftorlikdan keyin – soat 20:00ga belgilangan. Chiptalar sotuvi bugun boshlangan. «Dinamo» stadioniga keling va ajoyib futbol atmosferasida ko‘hna shahrimiz faxri «Dinamo»ni qo‘llab-quvvatlang!
Superliga. 3-tur
12 mart (payshanba)
«Dinamo» - «Nasaf»
Bosh hakam: Doston Rahmonov
O‘yin boshlanish vaqti: 20:00
Samarqand, «Dinamo» stadioni
Translyatsiya: Sport / YouTube