locale OZ

Bugun O‘zPFLning umumiy yig‘ilishida chempionatni kuz-bahor tizimiga o‘tkazish muhokama qilinadi

Umumiy yig‘ilish bugun — 2 oktabr kuni soat 15:00 da boshlanadi.
Bugun O‘zPFLning umumiy yig‘ilishida chempionatni kuz-bahor tizimiga o‘tkazish muhokama qilinadi
Фото: UzPFL

Har to‘rt yilda kamida bir marta o‘tkazilishi belgilangan Liganing oliy rahbar organi — Umumiy yig‘ilish bugun — 2 oktabr kuni soat 15:00 da boshlanadi. Unda Superliga va Pro liga klublarining har biridan bir nafardan delegat, shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidan bir nafar qonuniy vakolatli vakil ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq — 19 avgust sanasida Diyor Imomxo‘jayev Assotsiatsiya prezidenti taqdimnomasiga asosan Liga Ijroiya qo‘mitasi tomonidan O‘zPFL bosh direktorligiga keyingi to‘rt yil uchun tasdiqlangandi.

Bugungi Umumiy yig‘ilishda Liga Ijroiya qo‘mitasining yangi a’zolarini saylash, Nazorat-taftish komissiyasi tarkibi hamda ayrim o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritilayotgan Liga Ustavining yangi tahririni tasdiqlash masalalari kun tartibidan o‘rin olgan.

Shuningdek, Umumiy yig‘ilishda Superliga va Pro liga klublari rahbarlari ishtirok etayotganidan kelib chiqib, yana 3 ta masala bo‘yicha fikr almashish rejaga kiritilgan:

- 2027 yilgi mavsum ishchi taqvimi;

- yaqin kelajakda kuz-bahor formatiga o‘tish masalasi;

- professional futbol hakamligi sohasini isloh qilish.

Umumiy yig‘ilishda ko‘rib chiqiladigan masalalar haqida batafsil ma’lumot onlayn taqdim etib boriladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting