Bugun O‘zbekiston pley-off bosqichidagi yurishini boshlaydi
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:45 da start oladi.
Фото: ЎФА
Bugun, 15 noyabr kuni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati 1/16 final bosqichida Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:45 da start oladi.
Har ikkala jamoa o‘z guruhlarida 2-o‘rin bilan cheklanib, pley-off bosqichida o‘zaro to‘qnash kelishadi.
O‘zbekiston U-17 – Xorvatiya U-17 juftligidagi bahs g‘olibi 1/8 finalda Italiya – Chexiya o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist