Bugun onlayn shaklda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari Kongressi bo‘lib o‘tdi
O‘FA Ijroiya qo‘mitasi a’zolari, shuningdek, hududiy futbol assosiatsiyalari, Professional futbol ligasi, Superliga va Proliga musobaqalarida ishtirok etuvchi futbol klublari, futbol faxriylari kengashi, futbol bo‘yicha respublika sport mahoratini oshirish oliy maktabi, hududiy futbol akademiyalari futbolchilar, hakamlar va murabbiylardan iborat delegatlar ishtirok etdi.
Onlayn shaklda o‘tgan Kongress kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:
1. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining 2025-yil 22-fevral kuni o‘tkazilgan navbatdan tashqari Saylov Kongressi bayonnomasini tasdiqlash;
2. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining Saylov qo‘mitasini tasdiqlash;
3. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining Appelyatsiya saylov qo‘mitasini tasdiqlash.
Kongress davomida kun tartibidan o‘rin olgan barcha masalalar ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.