Bugun «Nasaf» Saudiya Arabistonida «Al Ittihod»ga qarshi maydonga tushadi
Uchrashuv Jidda shahridagi “Podshoh Abdulla” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 23:15 da start oladi.
Фото: Насаф ПФК
Bugun, 23 dekabr kuni Qarshining “Nasaf” jamoasi OFK Elit Chempionlar ligasi 6-tur doirasida Saudiya Arabistonining “Al Ittihod” jamoasi mehmoni bo‘ladi.
Uchrashuv Jidda shahridagi “Podshoh Abdulla” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 23:15 da start oladi.
Jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin oldi matbuot anjumanida raqib tarkibida kuchli va tajribali futbolchilar jamlangani, bellashuv og‘ir kechishini ta'kidladi.
Ma'lumot o‘rnida, “Nasaf” shu paytgacha turnirda o‘tkazgan barcha uchrashuvlarida mag‘lubiyatga uchragan holda musobaqa jadvalida so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist