Bugun futbol! \"Dinamo\" Toshkentda \"Buxoro\"ga qarshi o‘ynaydi
Superliga 10-turi doirasida “Dinamo” bugun, 17 may kuni Toshkentda “Buxoro” mehmoni bo‘ladi.
“Jar” stadionidagi uchrashuv dastlab soat 20:00da boshlanishi e'lon qilingan bo‘lsa, so‘ng ikki soat vaqtliroq – 18:00da boshlanishi PFL tomonidan ma'lum qilingandi. Ulug‘bek Baqoev va Vadim Abramov shogirdlari o‘rtasidagi qiziqarli uchrashuv “Yoshlar” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Bugungi muhim o‘yinda ham Samarqanddan yuzlab muxlislar Toshkentga borib, “Dinamo”ni qo‘llab-quvvatlashi rejalashtirilgan. Ko‘hna shaharlar sharafini himoya qiluvchi klublar o‘rtasidagi bu safargi qarama-qarshilikda ikki tomon ham faqat g‘alabani ko‘zlashi o‘yin darajasini oshiradi.
Superliga. 10-tur
17 may (shanba)
“Buxoro” — “Dinamo”
O‘yin vaqti: 18:00
Toshkent, “Jar” stadioni
Translyasiya: Yoshlar TV
Bosh hakam: Firdavs Norsafarov
VAR: Asker Najafaliev