locale OZ

Bugun bundan roppa-rosa 12 yil avval Messi va Argentina JCh finalida Germaniyaga mag‘lub bo‘lgandi

Oradan sakkiz yil o‘tib, 2022-yilda Qatarda o‘tkazilgan Jahon chempionatida Lionel Messi orzusiga erishdi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Bugun bundan roppa-rosa 12 yil avval Messi va Argentina JCh finalida Germaniyaga mag‘lub bo‘lgandi
Foto: Getty Images

Bugun, 13-iyul kuni bundan roppa-rosa 12 yil avval Braziliyada bo‘lib o‘tgan 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati finalida Argentina terma jamoasi Germaniyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Uchrashuvning yagona golini qo‘shimcha bo‘limning 113-daqiqasida Mario Gyotse kiritgan edi.

O‘sha final Lionel Messi faoliyatidagi eng og‘riqli mag‘lubiyatlardan biri sifatida tarixda qoldi. Argentina uchrashuv davomida bir necha qulay imkoniyatlarga ega bo‘lgan bo‘lsa-da, ulardan foydalana olmadi. Mag‘lubiyatdan so‘ng Messi turnirning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan "Oltin to‘p" sovrinini qo‘lga kiritgan, biroq uning o‘zi bu mukofot mag‘lubiyat alamini yenga olmasligini ta'kidlagan.

Oradan sakkiz yil o‘tib, 2022-yilda Qatarda o‘tkazilgan Jahon chempionatida Lionel Messi orzusiga erishdi. Argentina finalda Fransiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, 36 yillik tanaffusdan so‘ng uchinchi bor jahon chempioniga aylandi. Messi esa faoliyatidagi eng katta sovrinni qo‘lga kiritdi.

Asosiy voqealarni kuzatib boring!
Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting