locale OZ

Bugun «Andijon» nazorat uchrashuvida ishtirok etadi

Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bugun «Andijon» nazorat uchrashuvida ishtirok etadi
Фото: Андижон ПФК

Antaliyada yigʻin oʻtkazayotgan “Andijon” rejaga koʻra, 16-yanvar kuni oʻzini ikkinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.

Xabaringiz bor, ilk bellashuv 13-yanvarda oʻtkazilgan boʻlib, unda “Burgutlar” Turkiyaning “Siverek Belediyespor” jamoasini 3:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgandilar.

Navbatdagi sparring-raqib esa Vengriyaning “Vashash” klubidir. Bu Budapesht shahri jamoasi hisoblanadi. Aytish lozimki, 1911-yilning 16-mart sanasida ushbu klubga asos solingan.

Vengiya milliy chempionati II da ishtirok etayotgan klub ayni paytda turnir jadvalida 2-oʻrinni egallab turibdi. 15 ta turdan soʻng 9 gʻalaba, 2 durang va 4 magʻlubiyat qayd etib, toʻplar nisbati 25\15 ni tashkil qilgan holda 29 ochko jamgʻarib turibdi. Jamoani 45 yoshli mahalliy mutaxassis Gabor Erosh boshqarmoqda.

“Vashash” klubi Antaliya yigʻinidagi dastlabki uchrashuvini Qirgʻizistonning “Aziya Talas” klubiga qarshi oʻtkazdi va unda 4:0 hisobida gʻalaba qozondi. Xuddi biz kabi navbatdagi oʻyin ham raqib uchun Antaliyadagi ikkinchi uchrashuvga aylanadi.

Shuningdek, bu klub oʻz tarixida 6 karra Vengriya chempioni hamda 4 bor Kubok sohibi sanaladi.

“Andijon”ni “Vashash”ga qarshi qiziqarli oʻyin kutmoqda. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting