locale OZ

Buffonning o‘g‘li A Seriyada debyut qildi

Yosh futbolchi 77-daqiqada M'Bala Nzola o‘rniga bahsga qo‘shildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Buffonning o‘g‘li A Seriyada debyut qildi
ФОТО: Getty images

Italiya terma jamoasi va “Yuventus”ning afsonaviy darvozaboni Janluiji Buffonning o‘g‘li Lui Tomas Buffon A Seriyada o‘zining ilk o‘yinini o‘tkazdi.

17 yoshli Lui Buffon “Piza” tarkibida “Bolonya”ga qarshi A Seriyaning 6-tur uchrashuvida maydonga tushdi.

Ushbu o‘yinda liga debyutanti 4:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Yosh futbolchi 77-daqiqada M'Bala Nzola o‘rniga o‘yinga qo‘shildi.

Shu tariqa, Italiya chempionatidagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, Buffon faoliyati davomida “Parma”, “Yuventus”, “PSJ” jamoalarida o‘ynagan. JCH-2006 g‘olibi bo‘lgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting