Buendiya Yevropa Ligasi finalining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Argentina terma jamoasi va “Aston Villa” yarim himoyachisi Emiliano Buendiya Yevropa ligasi finalida “Freiburg”ga qarshi o‘yinda (3:0) eng yaxshi futbolchi deb topildi.
“U ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Maydonda chiziqlar orasida juda samarali harakat qildi, butun uchrashuv davomida aniq uzatmalar berib, hujumga yuqori sur’at bag‘ishladi. Shuningdek, gol urib va golli pas berib, jamoasiga katta hissa qo‘shdi”, — deyiladi UEFA bayonotida.
Ma’lumot uchun, Buendiya joriy Yevropa ligasi mavsumida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Qayd etish joiz, finalda “Aston Villa” “Freiburg”ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor Yevropa ligasi g‘olibi bo‘ldi va ushbu musobaqada zafar quchgan oltinchi ingliz jamoasiga aylandi.