«Budyo-Glimt» top-5 chempionatlari vakili boʻlmagan jamoalar orasida XXI asr rekordini oʻrnatdi
Norvegiyaning «Budyo-Glimt» jamoasi Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida Italiyaning nomdor «Inter» klubini ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:2 (3:1, 2:1) hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba norvegiya klubi uchun XXI asrda top-5 chempionatlari vakili bo‘lmagan jamoalar orasida noyob natijani taqdim etdi.
Opta Sport statistik portalining xabariga ko‘ra, «Budyo-Glimt» kuchli beshlikka kirmaydigan ligalar orasida Yevropa chempionlari Kubogi yoki Chempionlar Ligasi doirasida top ligalar (Angliya, Ispaniya, Germaniya, Italiya va Fransiya) vakillari ustidan ketma-ket to‘rtta g‘alabaga erishgan ilk jamoaga aylandi. Bunday ko‘rsatkich so‘nggi bor 1971/1972 yilgi mavsumda «Ayaks» tomonidan qayd etilgan va o‘shanda niderlandlar turnir g‘olibiga aylanishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, «Inter» ustidan qozonilgan ikki g‘alabadan tashqari, norvegiya klubi umumiy bosqichning 7 va 8-turlarida «Manchester Siti» (3:1) hamda «Atletiko»ni (2:1) ham mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan edi.