«Budyo-Glimt» Chempionlar Ligasi tarixida ketma-ket oltita oʻyinda bir xil boshlangʻich tarkibni maydonga tushirgan ilk klubga aylandi
Norvegiyaning «Budyo-Glimt» jamoasi UEFA Chempionlar Ligasi tarixida ketma-ket oltita o‘yinda bir xil boshlang‘ich tarkibni maydonga tushirgan ilk klubga aylandi va o‘ziga xos rekord o‘rnatdi.
Garchi lissabonliklar ikkinchi bahsda 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, norvegiyaliklarning chorak final haqidagi orzularini chippakka chiqargan bo‘lsa-da, «Budyo-Glimt»ning ushbu mavsumdagi yurishi Yevropa futboli muxlislari yodida qoladigan bo‘ldi. Jamoa umumiy bosqichda ham sensatsion natijalar qayd etdi:
- O‘z maydonida «Manchester Siti» ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
- Safar o‘yinida Madridning «Atletiko» jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
- Pley-off bosqichida esa Italiya grandi «Inter»ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:2 hisobida musobaqadan chiqarib yubordi.
E’tiborli jihati shundaki, jamoa asosiy tarkibidagi 11 nafar futbolchining 9 nafari norvegiyaliklardir. Darvozani esa Rossiya fuqarosi bo‘lgan Nikita Xaykin qo‘riqlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi Fransiyaning «PSJ» klubi hisoblanadi. Parijliklar 2025 yilgi finalda «Inter»ni 5:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixlarida ilk bor ushbu nufuzli sovrinni qo‘lga kiritishgan edi.
Joriy mavsumning final uchrashuvi 2026 yil 30 may kuni Budapeshtdagi «Pushkash Arena»da bo‘lib o‘tadi.