locale OZ

«Bu musobaqa men uchun ham katta tajriba bo‘ldi» – Kannavaro

O‘zbekiston bosh murabbiyi Kongo DRga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrini bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Bu musobaqa men uchun ham katta tajriba bo‘ldi» – Kannavaro
Фото: ЎФА

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Kongo DR bilan o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Birinchi bo‘limda juda ko‘p energiya sarfladik. Bugungacha bizning jismoniy samaradorligimiz yaxshi edi, bugun ham jismoniy tomondan yaxshi harakatlandik. Raqibimiz ham bu tomondan yaxshi shakllangan jamoa edi. Biz o‘yindan oldin to‘pni nazorat qilmasak qiyin bo‘lishini bilardik. Ikkinchi bo‘limda xatolar qildik va shu sababli gollar o‘tkazib yubordik.”

“Bu musobaqa men uchun ham, futbolchilar uchun ham katta tajriba bo‘ldi. O‘ylaymanki, bu kelajakda bizga katta motivatsiya beradi.”

“Albatta, futbolchilar bilan juda ko‘p muloqot qildim. Guruhimizda ham kuchli jamoalarga qarshi o‘ynashimiz kerakligini bilardik. Lekin ushbu natijadan afsusdamiz.”

“Ha, biz xatolar qildik. Biroq men futbolchilardan umuman shikoyat qilmoqchi emasman. Ular qo‘lidan kelgan hammasini qildi va men ulardan faxrlanaman.”

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting