locale OZ

«Bu Messi, u yolg'iz o‘zi shou qiladi» — Rangnik

Avstriya ustozidan Argentina bilan o‘yindan so‘ng fikr
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Bu Messi, u yolg'iz o‘zi shou qiladi” — Rangnik
ФОТО: Getty images

Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi Ralf Rangnik jahon chempionatining J guruhi 2-turida Argentina terma jamoasidan uchralgan (0:2) mag‘lubiyatga izoh berdi.

Bu o‘yinda Lionel Messi dubl qayd etdi.

“Biz 39 yoshli futbolchining bir o‘yinda ikki marta gol ura olganini, oldingi o‘yinda esa xet-trik qayd etganini ko‘rdik. U yolg‘iz o‘zi shou qiladi, qolganlardan mutlaqo boshqa darajada o‘ynaydi. Bu Leo Messi-ku — unga ikkita gol urib, uchrashuv taqdirini hal qilish uchun unchalik ko‘p vaziyatlar ham kerak emas”, — dedi Rangnik matbuot anjumanida.

2-turdan so‘ng Argentina terma jamoasi olti ochko jamg‘arib, J guruhi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Avstriya milliy jamoasi uch ochko bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting