locale OZ

Bu mening oxirgi Jahon chempionatim bo‘ladi – Ronaldu

2026 yilda Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Bu mening oxirgi Jahon chempionatim bo‘ladi – Ronaldu
ФОТО: Getty images

Futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyatining yakuniga yaqinlashayotganini ochiq tan oldi. Portugaliyalik yulduz 2026 yilgi Jahon chempionati uning uchun so‘nggisi bo‘lishini tasdiqladi.

"Hozir o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Gollar uryapman, tezligim va o‘tkirligimni saqlab turibman. Terma jamoada o‘ynashdan zavqlanyapman. Ammo to‘g‘risini aytsam, faoliyatimni tez orada yakunlayman. Bu ehtimol, bir yoki ikki yil ichida bo‘ladi.

Albatta, bu mening oxirgi Jahon chempionatim bo‘ladi, chunki o‘shanda 41 yoshda bo‘laman. Futbolga 25 yilimni bag‘ishladim, juda ko‘p rekordlar o‘rnatdim. Endi esa faqat lahzadan zavqlanmoqchiman”, deya qo‘shimcha qiladi", - dedi u.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting