«Bryugge» muxlislari Qozogʻistonda hibsga olindi
Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi uchrashuvidan so‘ng «Bryugge»ning uch nafar muxlisi huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Vesti.kz nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea «Qayrat» — «Bryugge» uchrashuvi (1:4) vaqtida sodir bo‘lgan. Belgiyalik muxlislar «Borat» filmida mashhur bo‘lgan kiyimga o‘xshash kupalniklarda stadionga kirib, jamoatchilik tartibini buzgan.
Astana shahar Ichki ishlar departamenti ma’lumotiga ko‘ra, xorijlik muxlislar atrofdagilarga nisbatan hurmatsizlik ifodalovchi harakatlar sodir etgan. Ular polis xodimlari tomonidan ushlanib, holatni o‘rganish uchun bo‘limga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan jamoat joyida mast holda bo‘lish va mayda bezorilik moddasi asosida ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan. Qozog‘iston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Sanjар Adilovning so‘zlariga ko‘ra, sud qaroriga asosan muxlislarga besh sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.