Bryugge Belgiyada kubokni qo‘lga kiritdi
Photo: Getty Images
Belgiya kubogi finalida "Bryugge" "Anderlext"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Natijada ushbu klub 12-bor ushbu turnirda g‘alaba qozonib, o‘ziga tegishli rekordini yangiladi. Keyingi o‘rinlarda esa "Anderlext" (9) va "Standard" (8) jamoalari bormoqda.
"Bryugge" so‘nggi marta 2015 yilda Belgiya kubogi sohibi bo‘lgan edi. Hozirda bu klub Belgiya chempionatida 2-o‘rinda bormoqda va peshqadamdan bir ochkoga ortda qolmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist