locale OZ

Brunu Fernandeshga Yevropa va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda

32 yoshli portugaliyalik futbolchiga Yevropa va Saudiya Arabistonining bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.
Brunu Fernandeshga Yevropa va Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin. 32 yoshli portugaliyalik futbolchiga Yevropa va Saudiya Arabistonining bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Fernandeshga qiziqish bildirayotgan jamoalar orasida Turinning “Yuventus” klubi ham bor. Futbolchining shartnomasida xorij klublari uchun 65 million yevrolik tovon puli mavjudligi qayd etilgan.

Fernandesh 2020-yil yanvaridan buyon “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan. So‘nggi oylarda portugaliyalik futbolchining kelajagi bir necha bor muhokama qilingan bo‘lsa-da, u klubda qolishga tayyor ekanini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Brunu Fernandesh joriy APL mavsumida 5 ta uchrashuvda 3 ta gol urib, 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting