locale OZ

Brunu Fernandesh oʻz xizmatlarini «Real»ga taklif qildi, biroq rad javobini oldi — manba

Portugaliyalik yarimhimoyachi «MYU»ni tark etishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Brunu Fernandesh oʻz xizmatlarini «Real»ga taklif qildi, biroq rad javobini oldi — manba
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh va Madridning «Real» klubi o‘rtasida kutilmagan transfer dramasi yuzaga keldi.

The Touchline nashrining xabar berishicha, portugaliyalik yarimhimoyachi joriy oyda o‘z xizmatlarini «qirollik klubi»ga shaxsan taklif qilgan va Madridga ko‘chib o‘tishga tayyorligini bildirgan. Biroq «qaymoqranglilar» rahbariyati Brununing bu chorloviga rad javobini berishgan — madridliklar hozircha ushbu transferga ehtiyoj sezishmayapti.

Avvalroq nufuzli nashrlarda Fernandeshning «Manchester Yunayted»dagi davomiy beqarorlik va jamoa atrofidagi og‘ir muhitdan charchagani, shu sababli yozgi transfer oynasida klubni tark etish niyatida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Brunu Fernandesh 2020 yilning qishidan buyon «qizil iblislar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 11 ta samarali uzatmani yozdirib qo‘yishga ulgurdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting