Brunu Fernandesh: «Nima haqida gapirayotganingizni va nimalar sodir bo‘layotganini bilamiz»
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu va Jorje Jezush o‘rtasidagi vaziyat haqida gapirdi.
photo: gettyimages
Brunu Fernandesh Krishtianu Ronaldu va Jorje Jezush o‘rtasidagi vaziyat haqida gapirdi.
«Biz bu masaladan butunlay chetdamiz. Nima haqida gapirayotganingizni va nimalar sodir bo‘layotganini bilamiz.
Ammo mening fikrimcha, mamlakat bo‘linib ketmasligi, odamlar taraf olmasligi kerak. Bu jarayonni bir butun bo‘lib boshdan kechirishimiz lozim. Barcha tomonlarni hurmat qilishimiz va qabul qilishimiz kerak.
Shu bilan birga, avval aytganimdek, Krishtianu terma jamoamiz, Portugaliya futboli va umuman jahon futboli tarixidagi eng buyuk ramz bo‘lib qoladi»,-dedi futbolchi.