locale OZ

Brunu Fernandesh “MYU”da qolishga qaror qildi

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2027-yilning yozida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Brunu Fernandesh “MYU”da qolishga qaror qildi
FOTO: Getty Images

Portugaliyalik yarim himoyachi Brunu Fernandesh Saudiya Arabistoni klublarining jiddiy qiziqishiga qaramay, faoliyatini “Manchester Yunayted” safida davom ettirishga qaror qildi.

31 yoshli futbolchi takliflarni ko‘rib chiqqan bo‘lsa-da, sport nuqtai nazaridan hamda oilaviy omillarni inobatga olib, Angliyada qolishni ma'qul topgan.

Maʼlumot uchun, Brunu Fernandesh 2020-yildan buyon “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting