locale OZ

Brunu Fernandesh “Barselona”dan javob kutmoqda

Portugaliyalik futbolchi faoliyatini kataloniyaliklar safida davom ettirishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Brunu Fernandesh “Barselona”dan javob kutmoqda
Foto: Getty Images

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh faoliyatini Ispaniyaning “Barselona” jamoasida davom ettirishi mumkin. Portugaliyalik futbolchi kataloniyaliklar tomonidan ehtimoliy transfer yuzasidan qaror qabul qilinishini kutmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, “Barselona” hozircha Fernandeshni o‘z safiga qo‘shib olish borasida yakuniy qarorga kelmagan. Shuningdek, kataloniyaliklar va “Manchester Yunayted” o‘rtasida futbolchining transferi yuzasidan hech qanday kelishuvga erishilmagan. Shu sababli portugaliyalik yarim himoyachining kelajagi hamon noaniqligicha qolmoqda.

Fernandeshga Yevropaning boshqa klublari ham qiziqish bildirmoqda. Xususan, Italiyaning “Yuventus” va “Milan”, Ispaniyaning “Atletiko” hamda Turkiyaning “Galatasaroy” jamoalari futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ular “Barselona” bilan muzokaralar qanday yakunlanishiga qarab, transfer uchun kurashga qo‘shilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Brunu Fernandesh 2020-yil yanvar oyidan buyon “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning 30-iyunigacha mo‘ljallangan va yana bir yilga uzaytirish imkoniyati mavjud. Transfermarkt portali portugaliyalik futbolchining bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting