locale OZ

Brunu Fernandesh — Angliyada yilning eng yaxshi futbolchisi

«MYU» sardori APLda tengsiz deb topildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Brunu Fernandesh — Angliyada yilning eng yaxshi futbolchisi
FOTO: Getty Images

«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh Futbol jurnalistlari assotsiatsiyasi (FWA) talqiniga ko‘ra Angliyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi va bu bilan «qizil iblislar» tarixida yangi sahifa ochdi. Portugaliyalik yarim himoyachi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va naq 20 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Qayd etish joizki, Fernandesh 2010 yilda afsonaviy Ueyn Runi ushbu sovringa loyiq ko‘rilganidan buyon FWA mukofotini qo‘lga kiritgan ilk «Yunayted» futbolchisiga aylandi.

O‘tgan mavsum yakunida sportchining «Old Trafford»dagi kelajagi so‘roq ostida qolgan, klub rahbariyati hatto unga Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubidan tushgan fantastik moliyaviy taklifni qabul qilishga ruxsat bergan edi.

Biroq 31 yoshli futbolchi pullardan ko‘ra Manchesterdagi loyihani afzal bildi va Yevropaning boshqa grand jamoalari qiziqishini ham rad etib, klubda qoldi. Uning maydondagi yetakchiligi sabab, «Yunayted» mavsumni sovrinsiz yakunlayotgan bo‘lsa-da, Premyer-ligada kuchli uchlikdan joy olib, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini naqd qilishga juda yaqin turibdi.

Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, Brunu Fernandesh jamoa eng og‘ir damlarni boshidan kechirayotgan, xususan, Ruben Amorim iste’foga chiqarilgan qaltis pallada mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, haqiqiy sardorlik xislatlarini namoyon etdi. Uning 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi mavjud bo‘lsa-da, Ser Jim Retkliff boshchiligidagi yangi rahbariyat jamoaning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga yangi kelishuv taklif qilishi kutilmoqda.

Hozirda bor e’tiborini milliy chempionat o‘yinlariga qaratgan Fernandesh o‘z kelajagi borasidagi yakuniy muzokaralarni faqatgina bo‘lajak Jahon chempionatidan so‘ng o‘tkazishini ma’lum qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting