Bruno Fernandes APL 2-turining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
“Manchester Yunayted” sardori Bruno Fernandes Angliya Premyer Ligasining 2-turidagi eng yaxshi futbolchi deb topildi. Portugaliyalik yarimhimoyachi muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan rasmiy so‘rovnomada eng ko‘p ovoz to‘pladi.
Fernandes “Ipsvich”ga qarshi uchrashuvda yorqin o‘yin namoyish etdi. “Manchester Yunayted” 5:2 hisobida g‘alaba qozongan bahsda 31 yoshli futbolchi xet-trik qayd etdi va yana bitta golga assist berdi.
Ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Fernandes 69 foiz ovoz oldi. Sovrin uchun Rayan Sherki, Morgan Gibbs-Uayt, Niko Gonsales, Erling Holand, Joao Pedro va Konstantinos Tsolakis ham da’vogarlik qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Fernandes o‘tgan mavsumda APLning haftalik eng yaxshi futbolchisi sovrinini olti marta qo‘lga kiritgan va bu barcha futbolchilar orasidagi eng yaxshi natija bo‘lgan. 2026/27-yilgi mavsumning 1-turida esa ushbu sovrin “Chelsi” yarimhimoyachisi Koul Palmerga nasib etgan.