Brozovich «As Sadd»ga o‘tadi – Skira
Futbolchining maoshi bonuslardan tashqari 6 million yevroni tashkil etadi.
ФОТО: Getty images
Xorvatiyalik yarim himoyachi Marselo Brozovich faoliyatini Qatar chempionatida davom ettiradi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Jurnalistning ma’lum qilishicha, futbolchining «As-Sadd»ga o‘tishi bo‘yicha kelishuv yakunlangan.
Brozovich jamoa safiga erkin agent sifatida qo‘shildi. Marselo 2027 yilgacha mehnat shartnomasini imzoladi, kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham mavjud. Futbolchining maoshi bonuslardan tashqari 6 million yevroni tashkil etadi.
33 yoshli yarim himoyachining so‘nggi klubi 2023 yildan 2026 yilgacha to‘p tepgan Saudiya Arabistonining «An-Nasr» jamoasi bo‘lgan.