locale OZ

Brozovich — «As Sadd» futbolchisi

Futbolchi Qatar jamoasida yiliga bonuslar bilan birgalikda 6 million yevro atrofida maosh oladi.
Brozovich — «As Sadd» futbolchisi
Фото: As Sadd

"Inter" va Xorvatiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Marselo Brozovich Qatarning "As-Sadd" klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

34 yoshli futbolchi yangi jamoasiga erkin agent sifatida qo‘shildi. Uning Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga yetgan edi.

Brozovich faoliyati davomida "Xrvatski Dragovolyas", "Lokomotiva", Zagrebning "Dinamo", "Inter" va "An-Nasr" klublarida to‘p tepgan. Shuningdek, u Xorvatiya terma jamoasi safida 99 ta o‘yin o‘tkazgan.

Futbolchi Qatar jamoasida yiliga bonuslar bilan birgalikda 6 million yevro atrofida maosh oladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting