locale OZ

Britaniyada APLdagi argentinalik futbolchilarning ishchi vizalarini bekor qilish talabi yangradi

Shu bilan birga, vizalarni bekor qilish bo‘yicha hech qanday rasmiy qaror qabul qilinmagan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Britaniyada APLdagi argentinalik futbolchilarning ishchi vizalarini bekor qilish talabi yangradi
Foto: Getty Images

JCh-2026 yarim finalidan so‘ng yuzaga kelgan siyosiy mojaro Buyuk Britaniyada yangi bahslarni keltirib chiqardi. Ayrim britaniyalik siyosatchilar va jamoatchilik vakillari Angliya Premyer-ligasida to‘p surayotgan argentinalik futbolchilarning ishchi vizalarini bekor qilish chaqirig‘i bilan chiqdi.

Bunga Argentina futbolchilarining Angliya ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng "Malvina orollari Argentinaniki" degan siyosiy banner bilan suratga tushgani sabab bo‘ldi. Britaniya tomonining fikricha, bu harakat sportni siyosatga aralashtirish bo‘lib, FIFA qoidalariga zid hisoblanadi.

Shu bilan birga, vizalarni bekor qilish bo‘yicha hech qanday rasmiy qaror qabul qilinmagan. Hozircha bu faqat ayrim siyosatchilar va jamoatchilik vakillari tomonidan ilgari surilgan talab bo‘lib, Buyuk Britaniya hukumati FIFAni ushbu voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, Argentina futbolchilarining banner bilan tushgan surati ortidan FIFA tomonidan intizomiy tekshiruv o‘tkazilishi kutilmoqda. Biroq tashkilot Jahon chempionati yakuniga qadar Argentina terma jamoasiga nisbatan hech qanday jazo qo‘llanmasligini ma'lum qilgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting