locale OZ

Britaniya qirollik oilasi Angliya terma jamoasiga murojaat qildi

Uels shahzodasi, Angliya futbol assotsiatsiyasi homiysi Shahzoda Uilyam ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida futbolchilarga minnatdorlik bildirib, ularning turnirdagi ishtirokini yuqori baholadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Britaniya qirollik oilasi Angliya terma jamoasiga murojaat qildi
Foto: Getty Images

JCh-2026 yarim finalida Angliyaning Argentinaga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lishidan so‘ng Britaniya qirollik oilasi terma jamoani qo‘llab-quvvatlovchi bayonot bilan chiqdi.

Uels shahzodasi, Angliya futbol assotsiatsiyasi homiysi Shahzoda Uilyam ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida futbolchilarga minnatdorlik bildirib, ularning turnirdagi ishtirokini yuqori baholadi.

"Juda afsusdamiz. Ammo boshingizni baland tuting. Sizlar ajoyib turnir o‘tkazdingiz va butun mamlakatni ilhomlantirdingiz. Kelasi safar albatta yana qaytamiz."

Shahzoda Uilyam, shuningdek, ushbu tarkibni Angliyaning yirik turnirlardagi eng mukammal jamoalaridan biri deb atadi va futbolchilar hamda murabbiylar shtabiga minnatdorlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Tomas Tuxel boshqaruvidagi Angliya yarim finalda Argentinaga imkoniyatni boy berdi. Endi inglizlar 19-iyul kuni Fransiyaga qarshi uchinchi o‘rin uchun bahs olib boradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting