locale OZ

“Breshiya” quyi ligaga tushirib yuborildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Breshiya” quyi ligaga tushirib yuborildi
Photo: Getty Images

Italiyaning “Breshiya” klubi professional futbol ligalaridan butunlay chiqarib yuborildi. Bu haqda Italiya futbol federatsiyasi rasmiy ravishda xabar berdi.

Klub moliyaviy muammolar sababli 2025/2026 yilgi mavsumda C Seriyada ishtirok etish uchun litsenziyasini qo‘lga kirita olmadi. Klub egasi Massimo Chellino xodimlar oldidagi maosh bo‘yicha qarzlarni to‘lash uchun zarur bo‘lgan 3 million yevroni hisobga kiritishni istamadi.

Endi jamoa bankrot deb e’lon qilingach, havaskorlar ligasiga tushirib yuborildi.

Avvalroq Angliyaning “Sheffild” klubida ham mana shunday moliyaviy muammolar borligi xabar qilingandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting