«Brentford» Uilsonni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda
Kallum hozirda jamoasiz.
ФОТО: Getty images
Brentford klubi tajribali hujumchi Kallum Uilsonni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
34 yoshli forvard 2026 yil 30 iyun kuni West Ham bilan tuzgan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng klubsiz qoldi. Ayni paytda u faoliyatini davom ettirish uchun bir nechta variantni ko‘rib chiqmoqda.
Manbaga ko‘ra, Uilson Angliyada qolish tarafdori va Brentford uni o‘z safiga jalb qilishni istayotgan Premyer-liga klublaridan biri hisoblanadi.
2025/2026 yilgi mavsumda tajribali hujumchi barcha musobaqalarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist